AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
Uran Janubiy Karolina (AQSh) shtatidagi radioaktiv chiqindilarni saqlash, dezaktivatsiya qilish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi korxonaga yetkazildi.
AQSh Venesueladan RV-1 tadqiqot reaktorida ishlab chiqarilgan boyitilgan uranning barchasini olib chiqishni yakunladi, deb xabar berdi AQSh Yadro xavfsizligi milliy boshqarmasi (NNSA).
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, NNSA jamoasi va Venesuela ilmiy-tadqiqot instituti texnik ekspertlari RV-1 reaktoridan 13,5 kg uranni xavfsiz chiqarib olgan. XAEA bilan yaqin hamkorlikda ishlagan amerikalik mutaxassislar uranni ishlatilgan yoqilg‘i uchun mo‘ljallangan konteynerga joylashtirdi.
May oyida maxsus kema materialni AQSh hududiga yetkazib berdi. Keyin konteyner Janubiy Karolina shtatidagi radioaktiv chiqindilarni saqlash, dezaktivatsiya qilish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi «Savanna-River» korxonasiga olib ketildi. U yerda mutaxassislar AQSh yadroviy ehtiyojlari uchun yuqori konsentratsiyali kam boyitilgan uran olish uchun materialni qayta ishlaydi, deb ta’kidladi NNSA.
«Venesueladan boyitilgan uranning barchasini xavfsiz olib chiqilishi Venesuelaning tiklanishi va yangilanishi haqida dunyoga yana bir signal bo‘ldi», dedi NNSA rahbari Brendon Uilyams. - AQSh prezidenti Donald Trampning qat’iy rahbarligi tufayli joylardagi fidoyi jamoalar odatda bir necha yil davom etadigan ishlarni bir necha oy ichida yakunladilar».
NNSA ma’lumotlariga ko‘ra, o‘nlab yillar davomida RV-1 reaktori fizik va yadroviy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlab kelgan. 1991 yilda bu ish tugagandan so‘ng, unda 20 foiz kritik chegaradan yuqori boyitilgan uran to‘plangan.