Parij Falastin xalqiga faxriy fuqarolik bermoqchi
Ushbu qaror Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘ida ishg‘ol ostida bo‘lgan va G‘azo sektoridagi og‘ir gumanitar inqiroz sharoitida tinch aholi bilan birdamlik belgisi sifatida baholanmoqda.
Parij shahar kengashi Falastin xalqiga poytaxtning faxriy fuqaroligini berish niyatida.
Parij meri o‘rinbosari Odri Pullar shahar kengashi yig‘ilishida mer Emmanuel Greguar Falastin xalqiga faxriy fuqarolik berish niyatida ekanini ma’lum qildi.
Milliy OAV xabariga ko‘ra, Greguarning bu qarori Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ida ishg‘ol ostida bo‘lgan va G‘azo sektoridagi og‘ir gumanitar inqiroz sharoitida tinch aholi bilan birdamlik belgisi sifatida ko‘rilmoqda.
Parijning faxriy fuqaroligi haqiqiy huquqlarni bermaydi (oddiy fuqarolik kabi), balki «xalqlar erkinligi va inson qadr-qimmatini» qo‘llab-quvvatlashni ta’kidlaydi.
Parij shahar kengashi 2025 yilda G‘azo aholisiga faxriy fuqarolik berish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani allaqachon ma’qullagan. Butun Falastin xalqiga ushbu unvonni taqdim etish masalasi bo‘yicha ovoz berish kelasi oyda bo‘lib o‘tadi.
Parij ilgari ham guruhlarga shunday unvon bergan (masalan, 2023 yilda Arsax (tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi) armanlariga yoki 2024 yilda HAMAS tomonidan garovga olingan barcha isroilliklarga).