Markaziy Osiyoni do‘stlik mintaqasiga aylantirishda prezident Mirziyoyevning o‘rni katta – To‘qayev

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ikki tomonlama munosabatlar tarixida hozirgacha kuzatilmagan darajadagi yuksak ko‘tarilish va Markaziy Osiyoni do‘stlik hamda hamkorlik mintaqasi sifatida tanilishda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi.

Noyabr 17, 2025 - 01:33
Dekabr 26, 2025 - 02:43
 0  576
Markaziy Osiyoni do‘stlik mintaqasiga aylantirishda prezident Mirziyoyevning o‘rni katta – To‘qayev

Qosim-Jo‘mart To‘qayevga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston–Qozog‘iston munosabatlari bespretsedent darajada yuksak pog‘onaga ko‘tarilgani, shuningdek, Markaziy Osiyo butun dunyo miqyosida do‘stlik va hamkorlik mintaqasi sifatida tanilganida katta ulush O‘zbekiston rahbariga tegishli.

Qozog‘iston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni o‘zbek xalqi tomonidan e’tirof etilgan yetakchi, xalqaro maydonda katta nufuzga ega bo‘lgan, Yangi O‘zbekistonni barpo etgan yirik davlat arbobi sifatida ta’rifladi.To‘qayevning ta’kidlashicha, prezident Shavkat Mirziyoyevning qat’iy va samarali rahbarligi tufayli O‘zbekiston ko‘plab sohalarda hayratomuz natijalarga erishgan, butun dunyoda muvaffaqiyatli rivojlanayotgan davlat sifatida tanilib bormoqda.