Tramp Suriyada amerikalik askarlar o‘ldirilganiga javoban “jiddiy choralar” ko‘rilishini va’da qildi
Avvalroq Palmira shahri yaqinidagi AQSh harbiy bazasiga qilingan hujum oqibatida ikki nafar askar va bir tarjimon halok bo‘lgan, yana uch nafar harbiy jarohatlangandi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyada jangari hujumi natijasida ikki nafar amerikalik harbiy halok bo‘lganiga javoban "juda jiddiy javob choralari" ko‘rilishini aytdi.
Avvalroq Palmira shahri yaqinidagi AQSh harbiy bazasiga qilingan hujum oqibatida ikki nafar askar va bir tarjimon halok bo‘lgan, yana uch nafar harbiy jarohatlangandi.
"Biz ikki askar va bir tarjimonning o‘limidan qayg‘udamiz. Shuningdek, uch nafar yaralangan askarning sog‘ayishi uchun duo qilamiz", - deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, u Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shar’a bilan muloqotda bo‘lib turibdi.
"Suriya prezidenti Ahmad ash-Shar’a ushbu hujumdan g‘azab va xavotirda. Javob choralari juda jiddiy bo‘ladi", - dedi Tramp.
AQSh markaziy qo‘mondonligining xabariga ko‘ra, hujum qilgan jangari voqea joyida otib o‘ldirilgan.