Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi
Toshkent shahrida duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati hamda International Tashkent Marathon – 2026 tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati ma’lum vaqt oralig‘ida cheklanadi.
Ma’lum qilinishicha, 5 aprel kuni soat 02:00 dan 13:00 gacha Beshyog‘och ko‘chasi (Furqat ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha), Afrosiyob ko‘chasi (Islom Karimov ko‘chasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha va Sharof Rashidov ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha), Sharof Rashidov ko‘chasi (Afrosiyob ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha), Shahrisabz ko‘chasi (Afrosiyob ko‘chasidan Amir Temur shohko‘chasigacha), Oybek ko‘chasi (Shahrisabz ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha), Nukus ko‘chasi (Oybek ko‘chasidan Istiqbol ko‘chasigacha) hamda Abdulla Qodiriy ko‘chasi (Istiqbol ko‘chasidan Abay ko‘chasigacha)da transport harakati vaqtincha cheklanadi.
Mas’ullar haydovchilardan ushbu cheklovlarni inobatga olishni, tirbandliklarning oldini olish maqsadida muqobil yo‘nalishlardan foydalanishni va harakatni oldindan rejalashtirishni so‘ramoqda.