Xitoyda uchar avtomobillar ishlab chiqarish boshlandi

Xitoyda uchar avtomobillarni sinov tariqasida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Seriyali ishlab chiqarish va yetkazib berish 2026-yildan boshlanadi. Bu haqda Xinhua agentligi xabar berdi.

Noyabr 7, 2025 - 04:55
 0  635
Xitoyda uchar avtomobillar ishlab chiqarish boshlandi

Xitoyda uchar avtomobillarni sinov tariqasida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Seriyali ishlab chiqarish va yetkazib berish 2026-yildan boshlanadi. Bu haqda Xinhua agentligi xabar berdi.

Avtomobillarni XPeng kompaniyasi ishlab chiqarmoqda. Transport vositasi vertikal uchish va qo‘nish imkoniyatiga ega. Ishlab chiqarish Xitoy janubida joylashgan dunyodagi birinchi intellektual zavodda amalga oshirilmoqda.

Zavod yiliga 10 ming dona olinadigan aviatsiya modullarini ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Dastlabki quvvat esa 5 mingtani tashkil etadi. Zavod to‘liq quvvat bilan ishlay boshlagach, har 30 daqiqada bitta uchish apparatini yig‘ish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

XPeng kompaniyasi mahsulot taqdimotidan buyon deyarli 5 mingta uchar avtomobil uchun buyurtma olgan. Uchar avtomobil 6 g‘ildirakli yer transport vositasi va olinadigan vertikal uchish-qo‘nish elektr apparatidan iborat. U avtomatik va qo‘lda boshqariladigan parvoz rejimlariga ega. Avtomatik rejim yo‘nalishni aqlli tarzda rejalashtirish hamda bir tugma orqali uchish va qo‘nishni amalga oshirishi mumkin.