Qozogʻistonda rossiyaparast bloger salkam 4 yilga qamaldi

Qozogʻistonda rossiyaparast bloger Aslan To‘legenov sud hukmi bilan uch yil-u to‘qqiz oyga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Orda.kz xabar berdi.

Dekabr 7, 2025 - 10:43
Dekabr 26, 2025 - 02:49
 0  532
Qozogʻistonda rossiyaparast bloger salkam 4 yilga qamaldi

Qozogʻistonda rossiyaparast bloger Aslan To‘legenov sud hukmi bilan uch yil-u to‘qqiz oyga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Orda.kz xabar berdi.

Bloger millatlararo nifoqni qo‘zg‘atish va yolg‘on ma’lumot tarqatishda aybdor deb topildi.

“YouTube’da kanal muallifi va administratori bo‘lgan T. ekspertlar xulosasiga ko‘ra, millatlararo adovatni qo‘zg‘atishga qaratilgan videoroliklarni joylagan va e’lon qilgan. Bundan tashqari, u ataylab yolg‘on ma’lumot tarqatgan”, deya tushuntirdi sud.

Blogerning o‘zi aybni tan olgan. Sud qaroriga ko‘ra, u endi qariyb to‘rt yilni koloniyada o‘tkazadi.

Aslan To‘legenov internetda Nordkazakh (Shimoliy qozoq) taxallusi bilan faoliyat yuritadi. Uning YouTube’dagi auditoriyasi 180 ming obunachidan oshadi. “Shimoliy qozoq” o‘zining provokatsion chiqishlari bilan mashhur. Ko‘pincha u Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinini qo‘llab-quvvatlovchi videolar chiqargan.

Videolardan birida To‘legenov “hamma narsa: ilm, bilim, farovonlik, san’at ruslarniki” deya daʻvo qilgan. Blogerning iddaosiga koʻra, rossiyaliklar tufayli qozoqlar “dashtda hukm surgan total jaholat”dan qutulishga muvaffaq bo‘lgan.